Biz po‘latdan orzularni shakllantiramiz va kelajak uchun vanna xonalarini yaratamiz. Ushbu
maqsadga amal qilgan holda biz 1952-yildan buyon vanna xonalari uchun dizaynerlik elementlarini
ishlab chiqaramiz. Bizga to‘liq ishonishingiz mumkin.
BETTE olamiga sho‘ng‘ish
DAN ZIYOD MODELLAR
Bizning mahsulotlarimiz — interyeri puxta o‘ylab chiqilgan vanna xonasi dizayni uchun ideal
tanlov. Turli xil modellar va ijrolar vanna xonasi uchun zamonaviy uslubda o‘z timsolini topgan
dizayn va funksionallikni o‘zida mujassam etadi.
600
DAN ORTIQ RANG YECHIMLARI
Bette ranglar laboratoriyasi sizga vanna xonalari, dush poddonlari va rakovinalar uchun
o‘zingizning individual tusdagi rangni ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
Buning natijasida Bette vannasi uchun sizning elementlaringiz butunlay o‘zgacha rangda yarqiray
boshlaydi.
1000
DAN ZIYOD TAYYOR BUYUMLAR
20,000
Biz vannalar uchun yuqori sifatli elementlarni faqat Vestfaliya, Delbryukdagi bizning bosh
ofisimizda ishlab chiqaramiz. Biz uzoq muddatli hamkorlik munosabatlariga va o‘zimizning savdo
vakillarimiz hamda filiallarimizning shaxsiy konsultatsiyalariga tayanamiz. Bette 30 dan ortiq
davlatlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
TABIIY MATERIAL
Vanna xonalari uchun mo‘ljallangan elementlarimizning xususiyati nafaqat ularning chiroyli
me’morchilik shakllarida, balki chidamliligi va mustahkamligida ham aks etadi. Harorat,
ultrabinafsha nurlari va hattoki kislotalarga bardoshlilik — mana shular tufayli ular deyarli
butun umr davomida xizmat qiladi.
Vanna xonalari uchun elementlarimiz uzoq vaqt xizmat qiladi. Biz buni kafolatlaymiz.
Chidamlilik, qirilish va ultrabinafsha nurlariga bardoshlilik — sirlangan titan po‘latga
sinchkovlik bilan ishlov berilishi natijasida bizning buyumlarimiz nafaqat go‘zal ko‘rinishi,
balki uzoq vaqt davomida xizmat qilishi bilan ajralib turadi.
TITANLI PO‘LATDAN ISHLAB CHIQARILGAN
TITANLI PO‘LAT
Gigiyenik toza
Mustahkam
Issiqlik o‘tkazuvchi
Issiqlikka chidamli
Kimyoviy ta’sirga chidamli
UB nurlariga chidamli
Gigiyenik toza
Shishadek qattiq va g‘ovakchalari bo‘lmagan BetteGlasur® qoplamasi kirlanish va bakteriyalar
vujudga kelishiga deyarli yo‘l qo‘ymaydi. U aynan shu jihati bilan, shuningdek, plitkaga ishlov
berish uslubi bilan ham boshqa materiallardan ijobiy taraflama ajralib turadi.
Mustahkam
BetteGlasur® qoplamasining siri uning nihoyatda yupqa qatlamida. Shunga qaramay, u marmar,
plastik yoki oddiy po‘latga nusbatan juda mustahkam. Kundalik foydalanishda bizning vannalar,
dush poddonlari va rakovinalarga shikast yetkazish mumkinmi? Bu deyarli imkonsiz.
Issiqlik o‘tkazuvchi
Sirlangan titanli po‘lat — issiqlikni a’lo darajada o‘tkazadi, shu sababli u suvdan chiqayotgan
issiqlikni vannaning ensa sohasida ham, uning chekkalarida ham tez qabul qilib oladi, bu esa
to‘ldirilgan vannada nihoyatda qulay sharoitni yaratadi.
Issiqlikka chidamli
Bizning BetteGlasur® qoplamamiz olovga chidamli bo‘lib, yonmaydi. Hattoki yonib turgan shamlar
ham sirlangan po‘lat vannalarimizning yuzasiga shikast yetkaza olmaydi.
Kimyoviy ta’sirga chidamli
BetteGlasur® qoplamasi foydalanishda nihoyatda chidamli hisoblanadi. U hattoki pardoz vositalari
va vannalarga mo‘ljallangan qo‘shimchalarga juda chidamli. Hatto tirnoqlarni bo‘yash uchun lak
ham sirlangan qoplama ustida iz qoldirmaydi.
UB nurlariga chidamli
Nam qatlam bo‘ylab sirni (emalni) surtishning maxsus Bette usuli tufayli BetteGlasur® o‘ziga xos
tekisligi bilan ajralib turadi va nur ta’siri ostida rangini o‘zgartirmaydi. Aynan shu sababli
uning yuzasi ko‘p yillar davomida xuddi ilk kundagidek yarqirab turadi.
GALEREYA
BetteEve Oval
Silhouette
BetteCraft
BetteAir
BetteLux Shape
BetteLoft Ornament
Savollaringizni bizga bering! Biz qayta
qo‘ng‘iroq qilamiz va javob beramiz.